Proliganing 23-turida «G‘azalkent» o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
19-daqiqada Muhammadaziz Ro‘ziboyev mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Muhammad-Ali Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi. 55-daqiqada Lazizbek Mirzayevning goli «G‘azalkent»ga g‘alaba keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng «G‘azalkent» 41 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sho‘rtan» esa 46 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi.
Proliga. 23-tur
G‘azalkent — Sho‘rtan 2:1
Gollar: Ro‘ziboyev 19, Mirzayev 55 — Abdurahmonov 23.
G‘azalkent: Tolstenev, Yusufboyev, Ahmadov, Olimov, Nabatov, Fayzullayev, Ro‘ziboyev, Belyavskiy, Tojiyev, Mirqodirov, Mirzayev.
Sho‘rtan: Eshbo‘tayev, Shayqulov, Qo‘ziyev, Abdurahmonov, Murodov, Toshqo‘ziyev, Xarshiladze, Mukarov, Mamatxo‘jayev, O‘rinboyev, Abdualimov.