Superliga yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinining birinchi bosqichida «Olimpik-MobiUz» safarda «Sho‘rtan»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsning 4-daqiqasida Javohir Bahodirov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada Nodirbek Mukarov muvozanatni tikladi. 68-daqiqada Ravshanbek Abdumannonov «Olimpik-MobiUz»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Superliga o‘tish o‘yini. 1-bosqich
Sho‘rtan — Olimpik-MobiUz 1:2
Gollar: Mukarov 18 — Bahodirov 4, Abdumannonov 68.
Sho‘rtan: Musulmonov, Vegerya, Shayqulov, Klochkov, Murodov, Toshqo‘ziyev, Xarshiladze, Mukarov, Mamatxo‘jayev, Abdualimov, Suvonov.
Olimpik-MobiUz: Kudratov, Hamidov, Bahodirov, Rahimov, Maxamatov, Abdurashidov, Fayzullayev, Kuanishbayev, Kim, Tuxsanov, Abdumannonov.