Live
4
O'zbek

Kalafiori: «APLda asosiy tarkibda maydonga tushishimni tasavvur ham qilmagandim»

Futbol
26 noyabr, 06:20
«Arsenal» va Italiya milliy jamoasi himoyachisi London klubiga o‘tishi faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.
Kalafiori: «APLda asosiy tarkibda maydonga tushishimni tasavvur ham qilmagandim»
Foto: Getty Images
29.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Arsenal» klubi va Italiya milliy jamoasi himoyachisi London klubiga o‘tishi faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

«Avval qanday o‘ynaganim va hozirgi o‘yinimga qarasangiz, ko‘p narsa o‘zgarganini ko‘rishingiz mumkin. Eng avvalo, bunday yuqori saviyada chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay olishimni o‘ylamagandim. Premyer-liga bahsida asosiy tarkibda maydonga tushadigan yoki Chempionlar ligasi finali qaydnomasidan joy oladigan himoyachiga aylanishimni tasavvur ham qilmagandim. O‘zimni ko‘proq markaziy himoyachi sifatida his qilardim. Lamin Yamalga qarshi qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynashni istardim. Hozircha unga qarshi faqat markaziy himoyada harakat qilganman», — deya Kalafiorining so‘zlarini GQ Italia nashri keltirdi.

Ma'lumot uchun, Mikel Arteta jamoasi APL turnir jadvalida 11-turdan so'ng ochkolarini 28 taga yetkazgan holda peshqadam bo'lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar