Live
4
O'zbek

«Man Siti»da ichki kelishmovchiliklar yuzaga kelgani aytilmoqda

Futbol
26 noyabr, 05:20
Moliyaviy mojaro haqidagi xabarlardan so‘ng jamoada avvalgidek birdamlik qolmagani bildirilmoqda.
«Man Siti»da ichki kelishmovchiliklar yuzaga kelgani aytilmoqda
Foto: Getty Images
02.12.2026, 14:30 Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Lids Lids

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida Italiyaning «Napoli» klubi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» so‘nggi beshta bahsda barcha musobaqalar doirasida faqat bir marta g‘alaba qozongan.

The Touchline nashri xabariga ko‘ra, klubdagi moliyaviy qonunbuzarliklar haqidagi xabarlardan so‘ng jamoa kiyinish xonasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchilar o‘rtasida Xosep Gvardiola boshqaruvi davridagidek birdamlik yo‘q. Ayrim futbolchilar klub jiddiy muammolarga duch kelishi mumkinligini anglab, jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasining 11-turidan keyin «Manchester Siti» 22 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Lids Lids
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar