«Tixuana» klubiga tegishli meksikalik vinger Gilberto Mora faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchiga «Arsenal» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.
Moraning transferi qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi ehtimoli bor.
Yarimhimoyachi 2024-yil yozidan buyon «Tixuana» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali meksikalik futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.