«Real» 2026/2027-yilgi mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichida yakka peshqadamga aylandi. Madridliklar musobaqada hozirgacha o‘tkazilgan beshta bahsning barchasida g‘alaba qozonib, birorta ham ochko yo‘qotmadi.
Bunga «PSJ»ning 5-tur doirasida «Roma» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagani sabab bo‘ldi. Ushbu natijadan keyin Joze Mourinyo boshchiligidagi «Real» hisobida 15 ochko mavjud. Luis Enrike jamoasi esa 13 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.
Keyingi turda «Real» safarda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Bahs 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. «PSJ» esa mehmonda «Aston Villa» bilan bellashadi. Parij klubi ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, yana peshqadamlikka qaytishi mumkin.