«Barselona» klubining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola zamonaviy futbolning eng buyuk ikki o‘yinchisi — argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi ko‘p yillik raqobat haqida fikr bildirdi.
«Ular bir-birlariga yuqori saviyani saqlab qolishda yordam berishdi. Agar ular o‘rtasida raqobat bo‘lmaganida, ehtimol, erishgan natijalari bunchalik sezilarli bo‘lmasdi.
Har biri raqibining o‘yinini kuzatib, “Men undan yaxshiroq bo‘lishni xohlayman. Undan ko‘proq sovrin yutishni istayman”, deb o‘ylagan. Aynan shunday fikrlar ularni faqat olg‘a intilishga undagan», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri Romario TV manbasiga tayanib.

Ayni paytda Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»da, Lionel Messi esa «Inter Mayami»da faoliyat olib bormoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi