«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Napoli»ga qarshi bahsdan (2:2) so‘ng Kevin De Bryuyne haqida fikr bildirdi. U belgiyalik futbolchini klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashini ta’kidladi.
«De Bryuyne? Uni yana ko‘rish doim yoqimli. U «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Men uni juda sog‘inyapman, barchamiz sog‘inyapmiz. U ajoyib futbolchi va ajoyib inson», — deya Holandning so‘zlarini calcionapoli1926.it nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, Erling Holand 2022 yildan buyon «Manchester Siti» safida o‘ynamoqda. Kevin De Bryuyne esa 2025 yilda klubni tark etib, «Napoli»ga o‘tgan.