«Napoli» Skott Maktominey bilan amaldagi shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, klub sport direktori Jovanni Manna va rahbariyat vakillari Manchesterdagi mehmonxonalardan birida futbolchining agenti Kolin Merdok bilan uchrashgan.
calcionapoli1926.it nashri xabariga ko‘ra, «Napoli» sport loyihasida muhim o‘rin tutayotgan shotlandiyalik yarimhimoyachini jamoada olib qolmoqchi. Tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma'lumot uchun, Maktominey 2024 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda. Neapolliklar Italiya chempionati turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.