«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola sobiq shogirdlaridan kimlar kelajakda kuchli murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menimcha, Gundoʼgʼan yaxshi murabbiy bo‘ladi. Buskets ham yaxshi murabbiyga aylanadi. Xabi Alonso ham muvaffaqiyat qozonishini bilardim. Nazarimda, yarimhimoyachilar bu borada ustunlikka ega, chunki ular o‘yinni kengroq tushunishadi. Hujumchining esa bitta vazifasi bor — gol urish», — deya Gvardiolaning so‘zlarini Romario TV nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola 2026 yil yozida «Manchester Siti» bosh murabbiyligidan ketgan. U ushbu klubni 10 yil davomida boshqargan.