Live
1
O'zbek

Gvardiola Ronaldu haqida: «Buyuk futbolchilar katta sahnada xayrlashishi kerak»

Futbol
25 noyabr, 03:00
Ispaniyalik mutaxassis Krishtianuning Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini munosib yakunlashi kerakligini aytdi.
Gvardiola Ronaldu haqida: «Buyuk futbolchilar katta sahnada xayrlashishi kerak»
Foto: Getty Images

Pep Gvardiolaning fikricha, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidan katta hurmat va ehtirom bilan kuzatilishi lozim.

«Buning uchun tantanali marosim tashkil etish kerak. Ronaldu butun Portugaliya xalqining mehrini his qilishi lozim. U boshidan kechirgan voqealarni unutishi kerak. Futbolchining faoliyatiga so‘nggi bir necha oyga qarab baho berib bo‘lmaydi. Buyuklar katta sahnada xayrlashishi kerak. U bunga munosib», — deya Gvardiolaning so‘zlarini Romario TV'ga tayanib, Fabrisio Romano keltirdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2003–2026 yillarda Portugaliya milliy jamoasi safida to‘p tepdi. U 234 ta bahsda maydonga tushib, 146 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar