«Real» Chempionlar ligasining ushbu mavsumida dastlabki beshta bahsning barchasida g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi.
Joze Mourinio shogirdlari navbatdagi bahsda PSV ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi. Bungacha «Real» AEK (3:2), «Leypsig» (4:1), «Roma» (4:3) va «Inter»ni (2:1) mag‘lub etgandi.
Madrid klubi 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu natijani takrorlash imkoniyati faqat «PSJ»da bor. Parijliklar «Roma»ga qarshi bahs oldidan to‘rtta o‘yinda 12 ochko jamg‘argan.