«Roma»ning sobiq sardori Franchesko Totti ushbu mavsumda rimliklar Italiya chempionligi uchun kurashishi mumkinligini aytdi. Biroq uning fikrlarida muxlis sifatidagi ehtiyotkorlik ham sezildi.
«Bir tomondan, bu yoqimli, ammo «Roma» muxlisi sifatida xursand emasman. Balki bu yil... «Roma» muxlisi bo‘lishning o‘zi shunaqa — doimiy ravishda balki degan umid bilan yashaysan», — deya Tottining so‘zlarini forzaroma.info nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, «Roma» oxirgi marta 2001 yilda Italiya chempioniga aylangan. O‘sha paytda Totti futbolchilik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida edi. Afsonaviy futbolchi 2017 yilda butsalarini mixga ilgan.
Eslatib o'tamiz, «Roma» hozirda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.