Live
1
O'zbek

«Latsio» A Seriyada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Futbol
24 noyabr, 22:50
Rim klubi mavsumning dastlabki 12 turida bir qator jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi natijalarni qayd etdi.
«Latsio» A Seriyada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
28.11.2026, 12:00 Italiya A seriyasi Torino Torino - : - Lasio Lasio

«Latsio» ushbu mavsumni klubning 126 yillik tarixidagi eng muvaffaqiyatli start bilan boshladi. Jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, himoyadagi ko‘rsatkichlari bilan ham ajralib turibdi.

Bundan tashqari, rimliklar A Seriyaning dastlabki 12 turidan so‘ng bir bahs davomida futbolchilar bosib o‘tgan o‘rtacha masofa bo‘yicha rekord qayd etdi. «Latsio» futbolchilari har bir bahsda o‘rtacha 122,16 kilometr masofani bosib o‘tmoqda. Bu liga jamoalari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, «Latsio» bir 90 daqiqalik bahsda jamoa bo‘lib bosib o‘tilgan umumiy masofa bo‘yicha ham mutlaq rekordga ega. Rim klubi «Parma»ga qarshi bahsda 182,2 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Ma'lumot uchun, «Latsio» o‘rtacha sprintlar soni bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinda bormoqda — har bir bahsda 190 ta. Yuqori intensivlikda bosib o‘tilgan o‘rtacha masofa bo‘yicha ham rimliklar ikkinchi pog‘onani egallagan — 6,63 kilometr.

Eslatib o'tamiz, «Latsio»ning ushbu natijalari jamoaning mavsum boshidagi yuqori jismoniy tayyorgarligi va maydondagi faolligini namoyon etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Lasio Lasio
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar