Live
1
O'zbek

Mourinio «Real»ning PSVga qarshi kambekini qanday amalga oshirganini tushuntirdi

Futbol
24 noyabr, 21:45
Madridliklar tanaffusdan keyin pressingni kuchaytirib, himoya chizig‘ini yuqoriga ko‘targan.
Mourinio «Real»ning PSVga qarshi kambekini qanday amalga oshirganini tushuntirdi
Foto: Getty Images
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 5 : 1 PSV PSV

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida PSV ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g‘alabaga izoh berdi. Madridliklar birinchi bo‘limdan so‘ng 0:1 hisobida ortda borayotgan edi.

«15 ochko — juda yaxshi natija. Biz deyarli maqsadimizga yetdik. Yana uch yoki to‘rt ochko qo‘lga kiritsak, pley-off saralash bahslaridan qochishimiz mumkin. G‘alabali seriyani saqlab qolish muhim. Ikkinchi bo‘limda natijani jamoaning mentaliteti hal qildi. Bir nechta almashtirishlarni amalga oshirdik. Jud Bellinghem maydonga tushdi. U o‘zgacha xususiyatlarga ega futbolchi va birinchi bo‘limda jamoaga yetishmagan jihatlarni to‘ldirdi.

Umuman olganda, butun jamoa yaxshiroq harakat qildi. Birinchi bo‘limda o‘yin ritmini topa olmadik, pressing ishlamadi, yakkakurashlarda yutqazdik va maydonning hujum zonasida son jihatdan ustunlik yarata olmadik. Tanaffusdan keyin yuqori pressing qo‘lladik va himoya chizig‘ini ancha oldinga surdik. Menimcha, PSV birinchi bo‘limdagidan farqli ravishda, ikkinchi bo‘limda o‘z maydonidan paslar orqali biror marta ham toza chiqib keta olmadi», — deya Mourinioning so‘zlarini Marca nashri keltirdi.

Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis tanaffusda futbolchilariga nimalar degani haqidagi savolga ham javob berdi.

«Kiyinish xonasi Las-Vegasga o‘xshaydi: Las-Vegasda nima sodir bo‘lsa, o‘sha yerda qoladi. Biz suhbatlashdik, biz do‘stmiz va barcha masalalarni muhokama qildik», — dedi Mourinio.

Ma’lumot uchun, 5-turdan so‘ng «Real» 15 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. PSV esa 4 ochko bilan 27-pog‘onani egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar