Live
1
O'zbek

Simeone: «Syorlot — bizning rejalarimizdagi muhim futbolchi»

Futbol
24 noyabr, 17:28
Norvegiyalik forvard bu mavsumda gol ura olgani yo‘q.
Simeone: «Syorlot — bizning rejalarimizdagi muhim futbolchi»
Фото: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Viking Viking

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Aleksandr Syorlot haqida fikr bildirdi.

— Syorlotning kelajagini men bashorat qilishim kerak emas, buni uning o‘zi hal qilishi lozim. Men esa uni jamoada qanday rejalarga kiritganimizni yaxshi bilaman. U biz uchun muhim futbolchi. Tarkibimizda uning xususiyatlariga ega boshqa o‘yinchi yo‘q. Aleksandr jismoniy holatda bo‘lganida bo‘sh hududlardan foydalana olishi va jarima maydonida namoyon etadigan kuchli jihatlari jamoamizga katta yordam beradi.

U gol urish uchun vaziyatlarni o‘zi yarata oladi. Biz har doim uni jamoa manfaatlari yo‘lida eng maqbul tarzda foydalanishga harakat qilamiz. U bizning rejalarimizda, shuningdek, «Atletiko»ning o‘yin uslubini shakllantirish va tasavvur qilishimizda juda muhim o‘rin tutadi», - dedi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik 30 yoshli hujumchi bu mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Viking Viking
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar