Saudiya Arabistoni klublari Yevropa chempionatlarining yetakchi ligalaridan yana bir guruh futbolchilarni jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu legionerlar limiti oshirilgan taqdirda amalga oshishi mumkin.
The Times nashri xabar berishicha, bir jamoadagi xorijlik futbolchilar limitini 10 nafardan 14 nafargacha oshirish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, Yevropa klublari transfer bozorida Saudiya Arabistoni jamoalari bilan raqobatlashish ehtimolidan xavotir bildirmoqda.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, jamoalar tarkibida bir vaqtning o‘zida eng ko‘pi bilan 8 nafar xorijlik futbolchi bo‘lishi mumkin. 21 yoshdan kichik legionerlarni jalb qilish orqali ushbu kvotani 10 nafargacha oshirish imkoniyati mavjud.