«Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalhonog'li faoliyatini London jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk manbasi xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, turkiyalik 32 yoshli futbolchiga «Tottenhem» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Hoqonning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Shu bois u «shporlar» safiga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Hoqon 2021-yil yozidan beri Milan klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bu mavsumda futbolchi A Seriya doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.
Avvalroq «Inter» futbolchi bilan shartnomani uzaytirish uchun yarimhimoyachining maoshini keskin kamaytirmoqchi ekani xabar qilingandi.