O‘zbekiston Kubogi yarimfinal doirasidagi «Andijon» va «Lokomotiv» (0:2) bahsidan keyingi matbuot anjumanida andijonliklar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.
- Avvalo, «Lokomotiv» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi, kurashishdi. 70-daqiqada belgilangan penaltini golga aylantirganimizda, balki biz yutib ketishimiz ham mumkin edi. «Lokomotiv»ga qarshi tezkor qarshi hujumlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu o‘z foydasini berib, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Faqat oxirida yakunlovchi nuqtani qo‘yadigan o‘yinchilarimiz bo‘lmayapti. Mag‘lubiyat uchun har doim murabbiy aybdor bo‘ladi. Buni tan olaman va aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Lekin to‘pni nazorat qilish, hujumlarni tashkil etishda vaziyatlar bo‘lyapti, ammo hal qiluvchi zarbani berishda aniqlik yetishmayapti. Qolaversa, o‘zimizning oddiy xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Har o‘yinda to‘pni nazorat qilyapmiz, hujumlar uyushtiryapmiz, faqat hujumlarni samarali yakunlay olmayapmiz. Hammasining ustida ishlayapmiz, bizga faqat omad yetishmayapti.
- Asosiy vaqtda «Andijon» jamoasi «Lokomotiv»ga hech qanday imkoniyat bermadi. Qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tganda esa raqibda ikkita vaziyat bo‘ldi va ikkalasidan gol urdi. Bu holat futbolchilarning jismoniy holati bilan bog‘liq emasmi?
- Bir-ikkita futbolchimizni majburiy almashtirishga to‘g‘ri keldi. Yigitlar 90 daqiqa davomida borini berib harakat qilishdi. Raqib ham o‘yinni kuchaytirish uchun yangi yosh futbolchilarini tushirdi va yaratilgan imkoniyatlaridan foydalanib ketishdi.
- Zaxiradan maydonga tushgan Imeda Ashortinaning yana almashtirilishi penaltidan foydalana olmagani bilan bog‘liqmi yoki boshqa sababi bormi?
- Bu penalti bilan bog‘liq emas. Bunday holat hammada bo‘ladi. Bu birinchi navbatda omad, taqdir. O‘yin yuqori tempda o‘tgani uchun uning jismoniy holati hali yetishmadi. Mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgani uchun maydonga tushirgandik. Biroq bosim sababmi yoki boshqa sababmi, harakatlari unchalik o‘xshamadi. Shuning hisobiga uni yana almashtirishga majbur bo‘ldik.
- Rustam Turdimurodov nega o‘yin boshidan maydonga tushirilmadi?
- Oxirgi paytlarda Rustam asosiy tarkibda o‘ynayotgandi. Taktik tomondan kelib chiqib, uni ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish maqsadida tushirishga qaror qilgandik.
To‘g‘risi, bunday og‘ir ahvolda jamoani tashlab ketishni xohlamagan edim. Lekin nimanidir o‘zgartirmasak bo‘lmaydi. Shuning uchun bugun rahbariyatdan iste’fo so‘radim», - deya Islom Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Islom Ahmedov: «Jamoani bunday holatda tashlab ketishni xohlamagandim»
Eksklyuziv
24 noyabr, 14:55
«Andijon» ustozi jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Фото: Андижон ПФК
24.11.2026
AET
Oʻzbekiston Kubogi
Andijon
0
:
2
Lokomotiv Tashkent