Anzur Ismoilov professional futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uning katta futbol bilan xayrlashuv marosimi O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» — «Paxtakor» (3:1) bahsida tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, sobiq himoyachi professional faoliyati davomida 2002-yilda «Dinamo» Samarqand, 2002–2003-yillarda «Traktor», 2003–2009 hamda 2020–2022-yillarda «Paxtakor», 2010–2011-yillarda «Bunyodkor», 2011–2018-yillarda Xitoyning «Changchun Yatay», 2018–2020-yillarda «Lokomotiv» Toshkent, 2022–2024-yillarda OKMK va 2024-yildan boshlab yana «Lokomotiv» Toshkent klublarida to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, Ismoilov «Lokomotiv» safida 101 ta, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida esa 105 ta bahsda maydonga tushgan.
Shu tariqa, ko‘p yillik faoliyatini futbolga bag‘ishlagan Anzur Ismoilov katta futbol bilan xayrlashdi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi