Live
11
O'zbek

Xabi Alonso: «Kaysedoning almashtirilishiga qadar «Lids»ga qarshi o‘yinda hammasi yomon emasdi»

Futbol
22 noyabr, 10:10
«Chelsi» bosh murabbiyi mag‘lubiyatga yarimhimoyachining jarohati ham ta’sir qilganini aytdi.
Xabi Alonso: «Kaysedoning almashtirilishiga qadar «Lids»ga qarshi o‘yinda hammasi yomon emasdi»
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi 1 : 4 Lids Lids

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida «Lids Yunayted»ga qarshi kechgan va 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsda yarimhimoyachi Moyses Kaysedoning jarohati jamoa o‘yiniga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

«Bu yengil jarohat, ertaga Moyses o‘zini qanday his qilishini kutishimiz kerak. U og‘riq sezdi, vaziyat qanchalik jiddiy ekanini ko‘ramiz.

Raqib hisobni tenglashtirganidan, shuningdek, Mo almashtirilganidan keyin biz butunlay o‘z ritmimizni yo‘qotdik. Ungacha hammasi yomon emasdi. Menimcha, vaziyatlar yaratdik va tashabbusni o‘z qo‘limizda ushlab turdik. Raqib bosimidan chiqib keta oldik. Ammo o‘sha vaziyatdan keyin raqib o‘ziga ishona boshladi, bizda esa buning aksi yuz berdi.

Jamoamizda ruhiy holat avvalgidek yaxshi bo‘lmadi. Bosimga dosh bera olmadik, raqib darvozasi tomon yaqinlasha olmadik. Natijada o‘yin butunlay o‘zgardi.

Menimcha, jamoa sifatida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Yaxshiroq natijalarga erishish uchun birgalikda yechim topishimiz lozim. Bunga albatta erishamiz. Ba’zan futbolchilar shunday vaziyatlarni boshdan kechirishi kerak. Shunda ular o‘yin hali tugamaganini, kurash davom etayotganini anglab yetadi», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi London klubi rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» — «Lids» bahsi 21-noyabr kuni «Stemford Bridj» stadionida bo‘lib o‘tdi. Londonliklar safida Emega, mehmonlar tarkibida esa Okafor (2), Kalvert-Lyuin va Aaronson gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Lids Lids
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar