«Chelsi»ning sobiq yarimhimoyachisi Jon Obi Mikel Xitoyda faoliyat olib borgan paytida boshidan kechirgan og‘ir voqeani so‘zlab berdi. 39 yoshli nigeriyalik futbolchining aytishicha, jarohat olganidan so‘ng mahalliy shifokorlar unga disk churrasi tashxisini qo‘yib, jarrohlik amaliyoti zarurligini bildirishgan.
Biroq shifokorlar taklif qilgan davolash usuli futbolchini jiddiy xavotirga solgan.
«Xitoyda o‘ynab yurgan paytimda jarohat oldim. Shifokorlar menda yorg‘oq va jinsiy a’zom tomon kengayib borayotgan churra borligini aytishdi. Ular amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilishdi. Rafiqam menga Londonga qaytishni maslahat berdi. U yerdagi tekshiruvlardan so‘ng esa shunchaki mushaklarim cho‘zilgani aniqlandi», — dedi Mikel.
Shu tariqa, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv futbolchiga xitoylik mutaxassislar tavsiya qilgan operatsiyadan qochish imkonini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Jon Obi Mikel 2017–2018 yillarda Xitoyning «Tyanszin Teda» klubi safida to‘p tepgan. U faoliyati davomida eng katta yutuqlarga Londonning «Chelsi» klubida erishgan. Nigeriyalik futbolchi «ko‘klar» bilan Chempionlar ligasi, ikki karra Angliya Premyer-ligasi chempionligi va boshqa qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Mikel Nigeriya milliy jamoasi safida 2013 yilgi Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida bronza medaliga