Live
5
O'zbek

Bellinghem «Real»ning bo‘lajak sardori sifatida ko‘rilmoqda

Futbol
19 noyabr, 09:00
    8
Angliyalik yarimhimoyachi yetakchilik qobiliyati va murabbiylar shtabi bilan yaqin aloqasi bilan ajralib turadi.
Bellinghem «Real»ning bo‘lajak sardori sifatida ko‘rilmoqda
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem jamoada katta obro‘ga ega. The Touchline sahifasi jurnalist Xorxe Pikonga tayanib xabar berishicha, ingliz futbolchisi Madrid klubining bo‘lajak sardori sifatida ko‘rilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Bellinghemning yetakchilik qobiliyatlari murabbiylar shtabi va klub vakillarida katta taassurot qoldirgan. Shuningdek, u jamoa murabbiylari bilan tez-tez muloqot qilib, taktik masalalarni muhokama qiladi.

23 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsumda La Liga doirasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Bellinghemning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali angliyalik futbolchining bozor qiymatini 160 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar