«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger Madrid klubini faoliyatidagi eng muhim jamoaga aylantirish uchun qanday natijaga erishishi kerakligini aytdi.
«Agar faoliyatim davomida eng ko‘p o‘yinni aynan shu yerda — «Real» safida o‘tkazsam, unda bu klubni hayotimdagi eng ajoyib jamoa deb atashim mumkin. Hozir vaziyatim yaxshi. Sog‘lomman va yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapman», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi The Athletic.
33 yoshli himoyachi 2022 yil yozidan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Ryudiger «Real»ga kelishidan avval «Chelsi», «Roma» va «Shtutgart» klublarida to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali nemis futbolchisining bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi