Live
5
O'zbek

«Real» sobiq futbolchisini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
19 noyabr, 06:40
Madridliklar «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pasning o‘yinidan mamnun.
«Real» sobiq futbolchisini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

Italiyaning «Komo» klubi va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Niko Pas «Real»ga qaytishi mumkin. Bu haqda The Touchline sahifasi Fabritsio Romanoga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 22 yoshli futbolchini yana o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. «Qirollik klubi» vakillari argentinalik yarimhimoyachining o‘yin sifatlaridan mamnun.

Pas 2024 yil avgustidan buyon «Komo» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Niko Pas «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yil yozida «Komo»ga o‘tgan.

Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi ushbu mavsumda A Seriyaning 10 ta bahsida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar