Live
5
O'zbek

Qatar milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy da’vogar ma’lum

Futbol
19 noyabr, 11:05
Jamoani tark etishi kutilayotgan Lopetegining o‘rnini Marokashning sobiq ustozi egallashi mumkin.
Qatar milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy da’vogar ma’lum
Foto: Getty Images

Qatar milliy jamoasi bosh murabbiy lavozimiga Volid Rikrokiyni tayinlash bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Mart oyida Marokash milliy jamoasini tark etgan mutaxassis bilan muzokaralar ijobiy davom etmoqda.

Avvalroq Qatar milliy jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shartnomani uzaytirmasligi va 2027-yilda jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ispaniyalik mutaxassis bu qarorni Yaman hutiylarining Saudiya Arabistoniga hujumlari sabab Osiyo Kubogi 2028-yil yanvar oyiga ko‘chirilganidan so‘ng qabul qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qatar Qatar
Bugungi yangiliklar