Bugun
47
O'zbek

Lopetegi Qatar milliy jamoasini tark etadi

Futbol
15 noyabr, 12:15
    5
Xulen 2025-yilda Qatar milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Lopetegi Qatar milliy jamoasini tark etadi
Фото: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopategi Qatar milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, murabbiy 2027-yil aprel oyida muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi. Lopetegining bunday qaror qabul qilishiga Osiyo kubogi o‘tkazilish muddatining o‘zgartirilishi sabab bo‘lgan. Katta ehtimol bilan Xulen klublardagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Avvalroq Saudiya Arabistoniga yamanlik husiylar tomonidan uyushtirilgan hujumlar ortidan 2027-yilgi Osiyo kubogi 2028-yil yanvar oyiga ko‘chirilgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi 2025-yilda Qatar milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida qatarliklar 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, B guruhida so‘nggi o‘rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qatar Qatar
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar