«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi ota-onasi nima sababdan unga klub tomonidan taqdim etilgan yangi va qimmatbaho avtomobilni haydashga ruxsat bermaganini aytib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» homiylaridan biri bo‘lgan Ispaniyaning Cupra avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi har yili jamoa futbolchilariga yangi mashinalar taqdim etadi.
Biroq Kubarsining ota-onasi o‘g‘lining 19 yoshida hashamatli mashina haydab yurishini ma’qullamagan. Shu sababli yosh himoyachi avvalgidek oilasining eski mashinasidan foydalanishda davom etmoqda. Yangi Cupra avtomobilini esa uning otasi olgan.
«Menga mashinalar yoqadi. Vaqti-vaqti bilan yangi modellarni ham ko‘rib turaman. Ammo ota-onam 19 yoshimda qimmatbaho mashinada yurishimni istashmaydi. Ular menga biroz kutishim, yoshim ulg‘ayishi va ko‘proq tajriba orttirishim kerakligini aytishdi», — deya Kubarsining so‘zlaridan keltiradi The Athletic nashri.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi