«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, janubiy koreyalik 29 yoshli futbolchiga «Yuventus», «Galatasaroy» va «Beshiktosh» klublari qiziqish bildirmoqda.
Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu uchala klub ham himoyachining ehtimoliy transferi yuzasidan Myunxen klubi bilan aloqaga chiqqan.
Ma’lumot uchun, Min Jeninng klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Biroq myunxenliklar hozircha futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Futbolchining shartnomasida tovon puli 110 million yevro etib belgilangan.
Agar himoyachi yozgi transfer oynasida jamoani tark etsa, myunxenliklar uning o‘rnini to‘ldirish uchun «Benfika» futbolchisi Tomas Arauju hamda «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch nomzodlarini ko‘rib chiqishi mumkin.