Bugun
47
O'zbek

Yamal Angliyaga qarshi bahsda 10-raqamda o‘ynaydi

Futbol
15 noyabr, 07:00
    9
«Barselona» vingeri Dani Olmo yo‘qligi sababli uning raqamini egallaydi.
Yamal Angliyaga qarshi bahsda 10-raqamda o‘ynaydi
Foto: Getty Images
15.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Ispaniya Ispaniya 2 : 3 Angliya Angliya

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi bahsda odatdagidan boshqa raqamda maydonga tushadi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi ushbu bellashuvda 10-raqam ostida o‘ynaydi.

Ispaniya milliy jamoasida mazkur raqam Dani Olmoga tegishli. Biroq yarimhimoyachi jarohati sababli hozirda jamoa ixtiyorida emas. Shu bois 10-raqam Yamalga beriladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya va Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs 15-noyabr kuni Madridning «Atletiko» klubi uy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar