Bugun
47
O'zbek

Gvardiola AQSh milliy jamoasini boshqarmaydi — manba

Futbol
15 noyabr, 13:30
    10
Avvalroq Pep murabbiylik faoliyatida tanaffus e’lon qilgandi.
Gvardiola AQSh milliy jamoasini boshqarmaydi — manba
Фото: Getty Images

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola Maurisio Pochettino ketganidan keyin AQSh milliy jamoasini boshqarmaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 55 yoshli mutaxassis xalqaro futbolda ishlash istagi bo‘lishiga qaramay, AQSh milliy jamoasidan tushadigan har qanday taklifni rad etadi.

Qayd etilishicha, Gvardiola o‘tgan yozda «Manchester Siti»ni tark etganidan keyin bir yillik tanaffus qilishga qat’iy qaror qilgan. Shu bois u hozircha boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, Pep qariyb 10 yil davomida «shaharliklar»ni boshqardi. Uning qo‘l ostida mankunianliklar uch marta Angliya kubogi, olti marta Premer-liga va besh marta Angliya Liga kubogida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, «shaharliklar» ispaniyalik mutaxassis bilan uch marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Jamoa bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar