Yevropada Millatlar ligasining 6-tur o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu tur doirasidagi bir qator bahslar o‘z nihoyasiga yetdi. Finlandiya (10 ochko, 2-o‘rin) o‘z maydonida San Marinoni (0 ochko, 4-o‘rin) 7:2 hisobida mag‘lub etdi.
Chernogoriya (16 ochko, 1-o‘rin) safarda Kiprdan (8 ochko, 2-o‘rin) ustun keldi. Albaniya (15 ochko, 1-o‘rin) esa Belarus (10 ochko, 3-o‘rin) darvozasiga 2 ta gol urib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Yana bir bahsda Latviya va Armaniston golsiz durang qayd etdi.
Millatlar Ligasi. 6-tur
Finlandiya — San Marino 7:2
Gollar: Svanbek 8, 20, 78, Valta 17, Pohyanpalo 36, 42, Hokans 70 — Nanni 26-penalti, 76.
Finlandiya — Sinisalo, Keskinen (Maguta, 46), Koski (Yensen, 46), Ivanov, Yuho, Valta (Yeryomenko, 46), Valakari, Vyanyanen, Skatta (Hokans, 56), Svanbek, Pohyanpalo.
Kipr — Chernogoriya 1:4
Gollar: Pittas 52-penalti — Osmaich 5, Vukotich 58, Krstovich 67, 83
Chernogoriya – Petkovich, Dreshay (Brnovich, 60), Rubezhich, Radunovich, Vuyachich, Adzhich (Vukotich, 42), Yankovich, Lonchar, Yovetich (Hakshanbanovich, 46), Osmaich (Vukovich, 84), Krstovich.
Latviya — Armaniston 0:0
Belarus — Albaniya 0:2
Gollar: Manay 28, Hyusay 57
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi