AQSh milliy jamoasi hujumchisi Kristian Pulishich Maurisio Pochettinoning «MYu»da ish boshlashiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Bizda yaxshi damlar bo‘ldi. U jamoaga katta ishtiyoq va ko‘tarinki ruh olib kirdi. Endi shunchaki tanlagan yo‘limizdan borishda davom etishimiz va jamoa sifatida yanada rivojlanishimiz kerak», - dedi Pulishich.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis «qizil iblislar» bilan 2029-yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Ma’lumot uchun, sentabr va oktabr oylarida Pochettino yosh futbolchilarga imkoniyat berish maqsadida Pulishichni milliy jamoa tarkibiga kiritmagan edi.
Bundan tashqari, 2025-yilda Pulishichning KONKAKAF Oltin kubogida ishtirok etmaslik istagi sabab futbolchi va murabbiy o‘rtasida ommaviy kelishmovchilik yuzaga kelgan.