AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yaqin orada «Manchester Yunayted» ustozi bo‘lishi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, Pochettino bilan hamkorlikni tugatgach, amerikaliklar Pep Gvardiolaga shartnoma taklif qilish uchun harakat qiladi.
The Touchline nashri xabar berishicha, Gvardiola AQSH milliy jamoasi bilan ishlashga qarshi emas. Uning fikricha, milliy jamoani boshqarish klubdagi faoliyatga nisbatan kamroq bosim bilan bog‘liq.
Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, Pep AQSH milliy jamoasini boshqarish taklifini qabul qilishga tayyor bo‘lishi mumkin. Qolaversa, u okean ortida ish boshlasa, murabbiylar orasida eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassislardan biriga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis «Manchester Siti»ni 10 yil davomida boshqarganidan so‘ng murabbiylik faoliyatida tanaffus olgandi.