Bugun
47
O'zbek

«Barselona» Trezoldi uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
15 noyabr, 10:57
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
«Barselona» Trezoldi uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

«Bryugge» hujumchisi Nikolo Trezoldi «Barselona» e’tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar germaniyalik 22 yoshli futbolchini uzoq muddatli istiqbol uchun munosib nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Biroq «Barselona» yanvar oyidagi transferlar oynasida Trezoldini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmayapti. Klub uchun hozirgi ustuvor vazifa himoya chizig‘ini kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, Trezoldiga Yevropaning boshqa grand klublari — «Bavariya», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Nikolo bu mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar