Bugun
47
O'zbek

Porro faqat «Barselona»ga o‘tishni istamoqda, «Tottenhem» 70 mln yevro talab qilmoqda

Futbol
15 noyabr, 09:00
Ispaniyalik himoyachi Kataloniya klubining o‘yin uslubini o‘ziga mos deb hisoblaydi.
Porro faqat «Barselona»ga o‘tishni istamoqda, «Tottenhem» 70 mln yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Pedro Porro faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirishni istamoqda. Sport.es nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantga ega bo‘lsa-da, «ko‘k-anorranglilar» safiga qo‘shilishni maqsad qilgan.

Manbaga ko‘ra, Porro «Tottenhem»ni tark etishga qaror qilgan va kelasi mavsumda London klubida qolishni rejalashtirmayapti. Futbolchi o‘zining o‘yin uslubi «Barselona» falsafasiga ko‘proq mos keladi, deb hisoblaydi.

Biroq transfer amalga oshishi uchun «Tottenhem» moliyaviy talablarini pasaytirishi, Porroning o‘zi ham bu jarayonda harakat qilishi kerak bo‘ladi. London klubi ispaniyalik futbolchini 70 mln yevrodan kamiga qo‘yib yuborishga tayyor emas.

«Barselona» esa himoyachining transfer qiymatini 50 mln yevrodan yuqori deb hisoblamayapti. Shu sababli kataloniyaliklar muzokaralar aynan shu summa atrofida boshlanmaguncha transfer bo‘yicha faol harakat qilishni rejalashtirmayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar