Portugaliyaning «Benfika» klubi himoyachisi Tomas Arauju faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini Myunxenning «Bavariya» klubi kuzatib bormoqda. Germaniya chempioni kelasi yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Arauju nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchining shartnomasida tovon puli 80 million yevro etib belgilangan. Biroq «Benfika» transfer borasidagi muzokaralarda narxni sezilarli darajada pasaytirishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Tomas bu mavsumda Portugaliya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 marta sariq kartochka oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi