Myunxenning «Bavariya» klubi va Kanada milliy jamoasi himoyachisi Alfonso Devis milliy jamoa safida jarohat oldi.
26 yoshli futbolchi Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Biroq 5-daqiqada kuchli og‘riq sezib, maydonni muddatidan avval tark etishga majbur bo‘ldi. Tibbiy shtab uni zudlik bilan almashtirishni talab qildi.
«Bu tananing pastki qismidagi jarohat. Jamoa shifokori to‘liq tekshiruv o‘tkazgach, uning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlaymiz.
Shundan so‘ng keyingi qadamlar bo‘yicha qaror qabul qilamiz», — dedi Kanada milliy jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Mauro Biello.
Devis qo‘shimcha MRT tekshiruvidan o‘tishi kutilmoqda. Uning tiklanish muddati shundan keyin ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kanada ushbu uchrashuvda Gvatemalani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Avvalroq Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkinligi ma’lum qilingandi.