«Milan»ning sobiq sport direktori Igli Tare Rafael Leau bilan ishlagan davri va futbolchining o‘yinga munosabati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, portugaliyalik hujumchi futboldan tashqaridagi mashg‘ulotlariga ko‘proq e’tibor qaratgan.
«Men Leau haqida faqat tashqaridan bilardim. U bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug‘ilganida, uning noodatiy shaxs ekanini angladim. Inson sifatida unga munosabatim juda yaxshi edi. Biroq u hammamiz ko‘proq narsa kutgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Menimcha, futbol uning uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lmay qoldi.
Rafael, ehtimol, futboldan tashqaridagi hayotiga — musiqa, moda va shu kabi narsalarga ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Uning «Milan»ni yaxshi ko‘rishiga hech qachon shubha qilmaganman. Barqaror o‘ynay olmaganida qiynalayotgani ko‘rinib turardi. Unda sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘lgan, shu sababli u doimo imkoniyatlari chegarasida harakat qilardi.
Men Leau bilan boshqa «Milan» futbolchilariga qaraganda ko‘proq individual suhbatlar o‘tkazishga harakat qilardim. Har safar undan ko‘proq narsaga erishish istagini sezardim. Ammo ba’zida istakning o‘zi yetarli bo‘lmaydi», — deya Tarening so‘zlarini keltiradi Sky Sport Italia.
Ma’lumot uchun, Rafael Leau hozirda «Galatasaroy» safida faoliyat olib bormoqda.