«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Londonning «Chelsi» klubi 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» Kundeni Malo Gyustoga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Kataloniya klubi esa yanvar oyida tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ to‘plash maqsadida himoyachini sotishga tayyor.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham «Chelsi»ga o‘tishga qarshi emas. Kunde «Barselona»ga transfer qilinishidan oldin ham London klubi safiga qo‘shilishga yaqin bo‘lgan.
Ushbu mavsumda fransiyalik himoyachi barcha musobaqalarda sakkizta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Jyul Kunde 2022-yilda «Sevilya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgandi.