«Barselona» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali «Kamp Nou» stadionida vafot etganlar xotirasiga bag‘ishlangan memorial majmua ochilishini ma’lum qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu maskandan muxlislar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ular yaqinlarining kulini maxsus kolumbariyga joylashtirish yoki marhumning ismini maxsus lavhaga yozdirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozircha memorial majmua qachon ochilishi va faoliyatini boshlashi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, «Kamp Nou» «Barselona» klubining uy stadioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 12 turdan so‘ng 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Real» hisobida 30 ochko bor. «Barselona» navbatdagi bahsini 22 noyabr kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi