Live
1
O'zbek

Kroos: «Bunday o‘yin bilan «Barselona»ga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish qiyin bo‘ladi»

Futbol
11 noyabr, 00:20
    37
«Real» sobiq yarimhimoyachisi Hans-Diter Flik jamoasining hujumkor uslubini tanqid qildi.
Kroos: «Bunday o‘yin bilan «Barselona»ga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish qiyin bo‘ladi»
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos «Barselona»ning Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, kataloniyaliklarning hujumkor futboli Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

«Bunday o‘yin uslubi bilan «Barselona»ga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish juda qiyin bo‘ladi. Ularning yondashuvi raqibdan ko‘proq vaziyat yaratishga qaratilgan. Ammo Chempionlar ligasida bu ancha murakkab — bu yerda har bir bahsda bir nechta gol urishga qodir jamoalarga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, himoyada juda ishonchli harakat qiladigan va «Barsa»ga odatdagi o‘yinini namoyish etish imkonini bermaydigan raqiblar ham bor.

Bunday sharoitda himoyalanishni ham bilish kerak. Ammo «Barselona» g‘alaba qozonish uchun doim kamida ikki-uchta gol urishiga to‘g‘ri kelmoqda. Chempionlar ligasidagi har bir bahsda bunga tayanish juda katta tavakkal», — deya Kroosning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Barselona» joriy mavsumda hujumkor futbol namoyish etmoqda. Biroq jamoa oktabr oyi oxirida «PSJ»ga 2:4, «Real»ga esa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2024 yil yozida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U «Real» safida bir necha bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

37 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar