Live
1
O'zbek

Espi: “Mourinio sabrli boʻlishim kerakligini aytdi”

Futbol
11 noyabr, 06:45
“Real” hujumchisi portugaliyalik mutaxassis qoʻl ostidagi faoliyati haqida gapirdi.
Espi: “Mourinio sabrli boʻlishim kerakligini aytdi”
Foto: Getty Images

"Real” hujumchisi Karlos Espi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinio qoʻl ostidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

“Hozir menga berilayotgan imkoniyatlardan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qilaman. Mourinio — ajoyib murabbiy, u futbolchilarga juda yaqin. Uning talablari yuqori.

Joze menga sabrli boʻlishim kerakligini aytdi. Har bir imkoniyatimdan foydalanishim lozim. Buning uchun har kuni mehnat qilishim zarur
”, — deya 21 yoshli futbolchining soʻzlarini keltiradi Marca nashri.

“Qirollik klubi” Espini yozda “Levante”dan 25 million yevro evaziga sotib olgandi. Hujumchi jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar