AQSh prezidenti Donald Tramp nima sababdan UFC prezidenti Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi bo‘lishni taklif qilganini tushuntirdi.
«Matbuot bilan muloqot nuqtai nazaridan juda omadsiz kunlardan birini boshdan kechirdik. Shunda... Nima uchunligini bilmayman, lekin xayolimga uning ismi keldi. U — anchadan beri mening do‘stim. Men bir guruh jurnalistlarga: «Bilasizlarmi, men Dana Uaytni yangi matbuot kotibim etib tayinlasam kerak», dedim.
Bu gapni jurnalistlarga aytdim va shu bilan hammasi tugadi. Aslida, biroz hazillashgandim. Ammo keyinchalik ular bu xabarni go‘yo men mutlaqo jiddiy gapirgandek yozishdi. Natijada, hammaga ketma-ket qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshladi.
Biz biroz ko‘ngilxushlik qilish mumkin, deb o‘yladik va Danani bu yerga taklif qildik. U ajoyib matbuot kotibi bo‘la olardi», — dedi Tramp.
Avvalroq Dana Uayt Oq uy matbuot kotibi lavozimini rad etgani xabar berilgandi.
«Shunchaki hazillashgandim» — Tramp Uaytga Oq uy matbuot kotibi bo‘lishni taklif qilgani haqida
MMA
11 noyabr, 05:10
AQSh prezidentining fikricha, jurnalistlar vaziyatni bo‘rttirishgan.
Foto: Getty Images