AQSh prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif etganini ma’lum qildi. Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
«Ajoyib jangchi Dana Uaytga AQSh matbuot kotibi lavozimi taklif etilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman.
Undan Islom Maxachev, Habib Nurmagomedov, Jastin Geyji, Daniel Kormye, Amanda Nunes va Kayla Harrisonni yordamchi sifatida olib kelishini so‘radim.
Bu insonlar bizga radikal so‘llardan himoyalanish uchun kerak. Dana tengsiz matbuot kotibi bo‘ladi. Dana, iltimos, rozi bo‘l!» — deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Dana Uayt va Donald Tramp ko‘p yillardan buyon do‘stona munosabatda. UFC rahbari 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlari oldidan Trampning saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan.
Avvalroq Tramp AQShning futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatidan olgan daromadlari haqidagi ma’lumotni oshkor qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi