Live
6
O'zbek

Gavi: «Atletiko»ga qarshi o‘yinlarda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»

Futbol
9 noyabr, 02:20
    7
«Barsa» yarim himoyachisi «Atletiko»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Gavi: «Atletiko»ga qarshi o‘yinlarda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 1 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionatining 12-turida «Atletiko» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

Kataloniyaliklar uchrashuv boshida gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, Fermin Lopesning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishdi.

«Atletiko»ga qarshi o‘ynash doim qiyin. Ular bu safar ham bizga jiddiy muammolar tug‘dira olishini ko‘rsatdi.

Bu yerga kelganimizda bizni nima kutayotganini yaxshi bilamiz. Maydonda haqiqiy jang bo‘ladi. Shuning uchun bu g‘alaba juda muhim.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinni yaxshi nazorat qildik, uning sur’atini boshqarib turdik. Jamoamiz uchun juda xursandman», — dedi Gavi.

Ma’lumot o‘rnida, «ko‘k-anorranglilar» ayni vaqtda 12 turdan keyin 33 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. «Real» 30 ochko bilan ikkinchi, «Atletiko» esa 28 ochko bilan uchinchi pog‘onani band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar