«Palmeyras» hujumchisi Vitor Roke Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 21 yoshli braziliyalik futbolchiga bir nechta jamoa qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchini «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Shuningdek, «Chelsi», «Tottenhem» va «Everton» ham hujumchiga da’vogarlar qatorida qayd etilgan.
Vitor Roke Yevropada «Barselona» va «Betis» klublari safida to‘p tepgan. Braziliyalik futbolchi o‘tgan yil boshida «Palmeyras»ga ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli hujumchining «Palmeyras» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 38 million yevroga baholanmoqda.