Live
3
O'zbek

Prezident olimpiadasi yakunlandi: Toshkent shahri umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi

Boshqalar
8 noyabr, 02:05
Musobaqaning yakuniy medallar jamg‘armasi e’lon qilindi.
Prezident olimpiadasi yakunlandi: Toshkent shahri umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi
Foto: MOQ

Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha Prezident olimpiadasining yakuniy medallar jamg‘armasi e’lon qilindi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri vakillari 33 ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza, jami 78 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

2-o‘rin Samarqand viloyatiga nasib etdi. Viloyat sportchilari 25 ta oltin, 21 ta kumush va 31 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikni 24 ta oltin, 18 ta kumush va 27 ta bronza medal bilan Xorazm viloyati yakunladi. Shuningdek, Toshkent viloyati 20 ta oltin medal bilan to‘rtinchi, Qashqadaryo viloyati esa 18 ta oltin medal bilan beshinchi o‘rindan joy oldi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududi vakillari ishtirok etib, g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordi.

Prezident olimpiadasi yakunlandi: Toshkent shahri umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi
Foto: MOQ
Bugungi yangiliklar