Live
3
O'zbek

«Yuventus» Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
8 noyabr, 03:55
    1
Ayni paytda argentinalik hujumchi erkin agent hisoblanadi.
«Yuventus» Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi argentinalik hujumchi Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

«Zebralar» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 33 yoshli futbolchini taklif etishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda Ikardi erkin agent maqomida bo‘lib, istalgan klub bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega.

Argentinalik futbolchi uchun Italiya chempionati begona emas. U avvalroq «Sampdoriya» va Milanning «Inter» klublarida to‘p tepgan. Ayniqsa, «Inter»dagi faoliyati davomida u o‘zining sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan.

Ikardining so‘nggi klubi Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi bo‘lgandi. O‘tgan mavsumda hujumchi Turkiya Superligasida 31 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq Ikardi faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar