Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 12-turida «Valensiya»ni safarda 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu natija Joze Mourinioning jamoa bosh murabbiyligiga qaytganidan keyingi 14-g‘alabasi bo‘ldi.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida madridliklar ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 14 tasida g‘alaba qozondi. Qolgan ikki bahsda esa mag‘lubiyatga uchradi.
«Real» Ispaniya chempionatida «Atletiko»ga 1:2, «Betis»ga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. E’tiborlisi, Mourinio qaytganidan buyon jamoa biror marta ham durang natija qayd etmagan.
Ayni paytda «qirollik klubi»ning barcha musobaqalardagi ketma-ket g‘alabalari soni 8 taga yetdi. Madridliklar so‘nggi mag‘lubiyatdan keyin barqaror natijalar ko‘rsatmoqda.
Avvalroq Mourinio Chempionlar Ligasi doirasida «Real» murabbiylari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi